Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

KOREYA XALQARO UNIVERSITETIDA YoShLAR UChUN QANDAY IMKONIYaTLAR OChILMOQDA?

Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini rivojlantirish, talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda universitet rahbariyati, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi vakillari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida universitet va Yoshlar ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, talabalarning ta'limiy va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularni xalqaro loyihalarga faol jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish, xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ilg'or tajribasini o'rganish, xalqaro ta'limiy loyihalarda qatnashish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning tashabbus va g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, ularning universitet hayotidagi faolligini oshirish hamda Yoshlar ittifoqining ta'lim muassasasidagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvning muhim tashkiliy masalalaridan biri sifatida Diyopbek Egamberdiev Koreya xalqaro universitetining Yoshlar etakchisi etib saylandi. U zimmasiga universitet talabalarining manfaatlarini ifoda etish, ularning taklif va tashabbuslarini ilgari surish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Qayd etilganidek, ta'lim muassasalarida yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish va xalqaro tajriba almashinuvi uchun imkoniyatlar yaratish kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qoladi.
Muallif: Sevinchxon Esanova Koreya xalqaro universiteti (KIUF) talabasi.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.