Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Toshkentda FAO bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro forumi” hamda “Butunjahon paxta kuni” konferensiyasi o‘tkaziladi.

O‘zbek paxtachiligining yangi qiyofasi xalqaro ekspertlar daladagi natijalarni yangi islohotlar bilan bog‘lamoqda

Joriy yilning 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro forum” hamda “Butunjahon paxta kuni”ga doir yirik konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan ayni paytda mamlakatimizda Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) Ijrochi direktori Erik Traxtenberg hamda tashkilotning texnik direktori, doktor Keshav Kranti mehmon bo‘lib turibdi.

Nufuzli xalqaro tashkilot vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ular Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamrohligida Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi paxta dalalarida bo‘lishdi.

Dalada vazir xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonda paxtachilikni ilm-fan, zamonaviy agrotexnologiyalar va aniq hisob-kitoblar asosida rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, paxta yetishtirishda hosildorlik va sifatni oshirishga qaratilgan “8 ta qonun”ning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Har bir agrotexnik tadbirning o‘z o‘rni va vaqti bor.

Jumladan, g‘o‘za rivojlanishini boshqarish, dalalarda himoya belbog‘larini shakllantirish, hosilni pishitish jarayonida etefondan foydalanish, defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida hamda belgilangan agrotexnik talablar asosida o‘tkazishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ibrohim Abdurahmonov amalga oshirilayotgan kompleks agrotexnik tadbirlar va yangicha yondashuvlar natijasida ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda hosildorlik ko‘rsatkichlari 120 sentnergacha yetayotganini qayd etdi.

Erik Traxtenberg va doktor Keshav Kranti daladagi paxtaning holati, qo‘llanilayotgan agrotexnologiyalar hamda yuqori hosildorlikka erishish tajribasi bilan yaqindan tanishar ekan, O‘zbekistonda paxtachilikka bo‘lgan yondashuvning tubdan o‘zgarayotganiga bevosita guvoh bo‘ldilar.

Mehmonlarning hayrat bilan kuzatgani ham bejiz emas. Zero, bu yerda gap shunchaki paxta haqida emas. Gap – bir gektar yerdan ko‘proq hosil olish va fermer daromadini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar haqida bormoqda.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.