Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Bugungi kunda aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ichki bozorda narx-navo asossiz o'sib ketishining oldini olish eng muhim vazifalardan biridir.

Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni shuki sog'lom raqobat bor joyda arzonlik, mo'l-ko'llik va sifat bo'ladi.

Qishloq xo'jaligi maxsulotlari
Xaridorlarimiz uchun tanlov imkoniyatini kengaytirish va narx-navo sun'iy ravishda ko'tarilib ketishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida qishloq xo'jaligi hamda go'sht mahsulotlari importiga ham keng yo'l ochilgan.

Chorvachilik maxsulotlari
Xususan, Rossiya va Qirg'iziston kabi qo'shni va hamkor davlatlardan keltirilayotgan mahsulotlar bozordagi taklif hajmini oshirib, sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bu esa, o'z navbatida, mahsulotlar narxining ortiqcha qimmatlashib ketishiga to'sqinlik qilib, aholi hamyoniga engillik yaratmoqda.
Shu bilan birga, ichki bozorimizda o'z erimizda etishtirilgan milliy qishloq xo'jaligi mahsulotlarimiz alohida o'rin tutadi.

Boshqa davlatlardan mahsulot keltirilayotganiga qaramay, o'zimizning mahalliy meva-sabzavot, poliz ekinlari va go'sht mahsulotlarimiz o'zining tabiiyligi, sershiraligi va yuqori sifati bilan hamisha xaridorlarning eng sevikli tanlovi bo'lib qolmoqda.

Dehqon va chorvadorlarimiz mehnati evaziga etishtirilgan milliy mahsulotlarimiz sifat jihatidan har qanday import mahsulotidan ustun turadi.

Eng muhimi, hozirgi kunda bozorlarimizda arzonlashtirilgan go'sht, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa poliz mahsulotlari etarli darajada mavjud.

Aholi ehtiyojlarini uzluksiz ta'minlash uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat zaxiralari to'liq yaratilgan.
Ushbu jarayonlar va bozorlardagi narx-navo barqarorligi viloyat hokimligi tomonidan doimiy va qat'iy nazoratga olingan. Rastalarda sun'iy tanqislik yoki narxlarni asossiz oshirish holatlariga yo'l qo'yilmaydi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.