Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Farg'ona shahridagi ko'p qavatli uyda elektr tarmoqlaridan tinimsiz chaqmoqlar otilib, odamlarning maishiy texnikalari birin-ketin kuyib bormoqda.

Farg'ona shahrining «Ma'shal» mahallasi, Alisher Navoiy shoh ko'chasi 32-dom aholisi bugun asl xavf va vahima ichida qoldi. Uyning xonadonlari ichidagi elektr tarmoqlari va “rozetka”lardan tinimsiz chaqmoqlar otilib, qattiq gumburlagan ovozlar chiqmoqda.

“Tarsilagan ovoz paytdagi” elektr kuchlanish
Tarmoqdagi nazoratsiz ravishda keskin oshib ketgan kuchlanish (napryajenie) tufayli xonadonlardagi qimmatbaho maishiy texnikalar birin-ketin kuyib, yaroqsiz holga keldi. Fuqarolarning “yillar davomida topgan mol-mulki ko'z o'ngida kuyib boryapti,” har lahzada katta yong'in chiqishi mumkin.
Vaziyatning o'ta xavfli ekanini ko'rib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (MChS) xodimlari darhol etib keldi. Ular o'z vazifasini to'liq bajarib, holatni o'rganib chiqdi va tegishli dalolatnoma (akt) ham tuzib ketdi. MChS xulosasiga ko'ra, asl muammo faqat va faqat elektr tarmoqlarida ekani qatiy qayd etildi.
Biroq «Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari bundan oldin kelib, kuchlanish me'yordan oshib ketganini og'zaki tan olgan bo'lsa-da, aholi rasmiy hujjat talab qilganida «mening vakolatim yo'q» deya hech qanday dalolatnoma tuzmasdan juftni rostlashgan edi. Keyinroq kelgan mutaxassislar bosh щitni qayta tekshirganida u erdan buzulish topa olishmadi, ammo xonadonlar ichidagi chaqmoqlar va texnikalarning kuyishi to'xtamadi. MChS xodimlari haqiqiy ahvolni hujjatlashtirib ketganiga qaramay, elektr tarmoqlari mas'ullari hamon avariyani bartaraf etish va odamlarni xavfdan qutqarish chorasini ko'rmayapti.
Mazkur muammo yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari Salom Ismatovich Samadovga va mutasaddi idoralarga ochiq murojaat qilamiz:
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.