Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Jamoatchilik uxlayotgani yo'q. Biz Farg'ona viloyati hokimligi va tegishli vazirliklardan Satkakdagi vaziyat bo'yicha zudlik bilan rasmiy tekshiruv va ochiq bayonot talab qilamiz. Farzandlarimiz dam olishga boryaptimi yoki tirik qolish o'yiniga?! Vaqt ketdi, biz javob kutamiz!

Farg'ona viloyatining Satkak hududidagi dam olish maskanlari minglab fuqarolar va sayyohlarni qabul qilmoqda. Turizm rivojlanayotgani quvonarli holat bo'lib, yangi ish o'rinlari yaratilmoqda va aholi uchun hordiq chiqarish imkoniyatlari kengaymoqda.

Voqea joyidan foto “Xamidjon Axmedov” muxbir
Shu bilan birga, mazkur maskanlardagi attraksionlarning texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi haqida jamoatchilikda qiziqish mavjud.

Foto voqea joydan “Xamidjon Axmedov” muxbir
Jamoatchilik orasida Satkak hududidagi ayrim attraksionlar texnik jihatdan eskirgani, ular ta'mirlanib yoki bo'yab qayta o'rnatilayotgani haqida turli ma'lumotlar tarqalmoqda. Ushbu ma'lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan vakolatli idoralar tomonidan rasmiy munosabat bildirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Masala attraksionlardan foydalanuvchi fuqarolar, jumladan bolalar, ota-onalar va sayyohlar xavfsizligi bilan bevosita bog'liq bo'lgani sababli uning ochiq va shaffof tarzda yoritilishi dolzarb hisoblanadi.
Attraksionlarning texnik ekspertizadan o'tgani, xavfsizlik talablariga muvofiqligi hamda tegishli hujjatlarning mavjudligi haqida rasmiy ma'lumotlarning e'lon qilinishi jamoatchilikdagi savollarga aniqlik kiritishga xizmat qilishi mumkin.
O'zbekiston qonunchiligida inson hayoti va sog'lig'i oliy qadriyat sifatida belgilangan. Shu sababli xavfsizlik talablariga rioya etilishi va ularning bajarilishi ustidan samarali nazorat ta'minlanishi muhim hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash bilan bir qatorda, xavfsizlik standartlariga to'liq amal qilinishi ham muhim ahamiyatga ega. Qonun talablariga muvofiq faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bilan birga, xavfsizlik talablarining bajarilishi ta'minlanishi zarur.
Shu munosabat bilan vakolatli idoralardan quyidagi masalalar yuzasidan rasmiy izoh va ma'lumot taqdim etilishi so'raladi
Attraksionlarning texnik holati qaysi tashkilotlar tomonidan tekshirilgan?
Attraksionlarning ekspluatasiya muddati va texnik ko'rsatkichlari o'rganilganmi?
Texnik xulosalar, muvofiqlik sertifikatlari va boshqa tegishli hujjatlar mavjudmi?
Attraksionlarni o'rnatish va ekspluatasiya qilish uchun zarur ruxsatnomalar rasmiylashtirilganmi?
Favqulodda holatlarda xavfsizlik choralari va javobgarlik tartibi qanday belgilangan?
Shuningdek, jamoatchilik Farg'ona viloyati hokimligi, turizm sohasi uchun mas'ul idoralar hamda nazorat organlaridan quyidagi savollar bo'yicha rasmiy ma'lumot taqdim etilishini kutadi:
Satkak hududidagi attraksionlar to'liq texnik ekspertizadan o'tganmi?
Ularning xavfsizligi bo'yicha rasmiy xulosalar mavjudmi?
Fuqarolar va turistlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilgan?

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.