Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Avtomobilimiz orqasidan kelib boshqa avtomobil urilishi oqibatida YTH sodir bo'ldi. Hodisa YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirildi va avtomobilimiz jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Belgilangan 72 soatlik muddatni inobatga olib, sug'urta kompaniyamiz «O'zbekinvest»ga hodisa haqida xabar berishni lozim topdik.
Kompaniya mas'uli bizdan sug'urtamiz majburiymi yoki ixtiyoriymi, deb so'radi. Ochig'ini aytdik: buni bilmaymiz. Axir sug'urtaning turlarini farqlashdan ko'ra, uning mohiyati sug'urta himoyasidan foydalanish muhim emasmi?
Men mas'ulga: «Ikkalasi ham o'z nomi bilan sug'urta-ku. Farqi nimada?» degan mazmunda savol berdim.
Javob esa kutilmagan bo'ldi: «Majburiy sug'urta bo'lsa, biz to'lamaymiz, aybdor tomonning sug'urta kompaniyasiga murojaat qilasiz», deyildi.
Mayli, qonunchilikda majburiy va ixtiyoriy sug'urtaning vazifalari farq qilishi mumkin. Buni tushunamiz. Ammo mas'uldan o'zimizdagi polis turini elektron bazadan tekshirib berishni so'raganimizda, «Road24 ilovasidan o'zingiz ko'rib oling», degan javobni eshitdik.
Hayron qolasan kishi!
Sug'urta kompaniyasi mijozdan sug'urta pulini qabul qiladi. Polis rasmiylashtiradi. Ammo mijoz YTHga uchrab, kompaniyaga murojaat qilganida, oddiy ma'lumotni tekshirib berish yoki keyingi harakatlar bo'yicha tushuntirish berishga ham tayyor emasmi?
Biz «O'zbekinvest»dan o'zimizga tegishli bo'lmagan zararni to'lab berishni talab qilmadik. Biz hodisa haqida xabar berdik va o'z sug'urtamiz bo'yicha tushuntirish so'radik.
Albatta, majburiy sug'urtaning ham, ixtiyoriy sug'urtaning ham o'z shartlari va majburiyatlari bor. Lekin xizmat ko'rsatish madaniyati ham bo'lishi kerak.
Sug'urta faqat polis sotishdan iborat emas. U inson boshiga tashvish tushganida ishonch va himoya manbai bo'lishi kerak.
«O'zbekinvest» rahbariyatiga savolimiz bor: mijozlar bilan ishlashda xodimlarga faqat polis sotish o'rgatiladimi yoki murojaat qilgan insonga yordam berish ham o'rgatiladimi?
Mijozning savoliga javob berish uchun uni boshqa ilovalarga yo'naltirish qanchalik to'g'ri?
Masalada kompaniya rahbariyatining munosabatini ham eshitishni istardik.

Muallif
Otabek XoliqovIzohlar yo'q.