Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Ba'zan odamning ongida shunday sahnalar paydo bo'ladiki, ular tush bilan haqiqat orasida qulflanib qolgan bir joyda yashaydi. Mening ko'z oldimda o'lik. U kimning qo'lidan nobud bo'lgani noma'lum. Biroq eng yomoni, uning go'shti pishirilib, dasturxonga qo'yilgan. Hamma yopirilib eydi. Keyin tushunasan bu odam emas, bu qonun, adolat, inson qadri edi. Bu o'lik ko'tarilib, ko'pqavatli uyning orqa tomoniga, hamma ko'radigan joyga osib qo'yilgan. Hech kim uni erlamaydi, hech kim uni yo'qlamaydi. Yoniga kelganlardan esa aybni bo'yniga olish talab qilinadi, ammo “go'shtini eyish”ni inkor qilishadi chunki buning uchun ham jazo bor. Bu manzara mening tushim emas. Bu Migratsiya agentligi va uning atrofida kechayotgan voqealarning ramziy surati.

Sud qarori bor, Prezident farmoni bor ammo ular o'likdek osilib turibdi. Vaqt o'tgan sari go'shti chiriydi, hid chiqadi, lekin mas'ullar ko'zini yumgan, qulog'ini tiqqan.
O'likni erga qo'yish, uni qayta tiriltirish imkoniyati bor bu Olim Sulaymonovni ishga tiklash, uning haqini qaytarish, sud qarorini bajarish. Ammo ular bundan qochyapti. Chunki bu o'lik jonlansa, haqiqat ham qayta tiriladi, va o'shanda kimning go'shtini egani ochiladi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.