Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Ba'zan qonun harflari ortida inson taqdiri ko'rinmay qoladi. Ammo Farg'onada bo'lib o'tgan sud jarayonida haqiqiy adolat bu nafaqat jazo berish, balki insonni saqlab qolishdir. Onasining xastaligi sabab adashgan yigitga berilgan ikkinchi imkoniyat, aslida butun jamiyatga berilgan dars bo'ldi. Bu qaror qonunning qudrati emas, balki adolatning yuzi insoniylik ekanining isbotidir.

Fargʻona shahrida Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlanayotgan bir yigit taqdiri sud zalini ham larzaga soldi. Ayblanuvchi sifatida oʻtirgan bu yigit aslida kundalik mardikorlik qilib roʻzgʻor tebratadigan, ogʻir turmush girbobiga tushgan oddiy farzand ekani maʼlum boʻldi.
Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudidagi jarayondan lavha
Tergov hujjatlarida u oʻgʻirlik qilgan shaxs sifatida qayd etilgan boʻlsa-da, sudda uning hayotining boshqa, ogʻriqli tomonlari ochildi. Oiladagi yetishmovchilik, muhtojlik va eng achinarlisi xastalangan onasining dori-darmoni uchun pul topolmagani uni jinoyat yoʻliga boshlagani aytildi.
Koʻp holatlarda bunday ayblov bilan sudlanuvchilarga qattiq jazo tayinlanadi. Har qanday sudya ham ayblanuvchining koʻz yoshi yoki ogʻir taqdirini inobatga olib, uni ozodlikka chiqarmaydi. Chunki qonun oldida “jinoyat” jinoyat hisoblanadi.
Ammo bu safar sudya faqat jinoyatga emas, inson taqdiriga ham nazar tashladi. U yigitning qilmishini oqlamadi, lekin uning hayotda adashgan, ammo tuzalish imkoniyati bor inson ekanini his qildi.
Sudya jamiyat yana bir yoshni temir panjara ortiga emas, toʻgʻri yoʻlga qaytarishi kerak, degan qarorni tanladi. Natijada yigit sud zalining oʻzidan ozodlikka chiqarildi.
Balkim bu qaror kimlar uchundir oddiy tuyular. Ammo muhtojlik sabab adashgan bir farzandga berilgan ikkinchi imkoniyat baʼzan butun bir hayotni saqlab qolishi mumkin.
Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi sudyasi Qobiljon Mutaliyev

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.