Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Yopiq qozon yopiqligicha qolgan, “Sobiq Bosh prokuratura mafiyasi” gullagan mudhish davrlarda davlat mulkini tish-tirnog'i bilan asragan, millionlab dollarlik jinoiy takliflardan yuz o'girib, qonun va adolat tarafida turgan haqiqiy tizim fidoyilari bugun qaerda? Oradan 20 yil o'tgan bo'lsa-da, o'sha vaqtlardagi halol xizmati uchun davlatning oliy tahsinlariga sazovor bo'lgan insonlarning bugungi kunda hali ham asossiz jabrlanib kelayotgani achinarlidir.

Рашид Қодиров Собиқ Бош прокурор
Jamiyatni larzaga soluvchi haqiqatlar ko'pincha yillar o'tib, eng qorong'u podvallar va yopiq tizimlarning pardasi ko'tarilganda yuzaga chiqadi. Yaqinda sobiq prokuratura xodimi, katta adliya maslahatchisi Farhod Shaymanovning iqrorlari nafaqat huquq-tartibot tizimidagi korrupsiya ko'lamini, balki bir vaqtlar mamlakatni o'rgimchak to'ridek o'rab olgan «Bosh prokuratura mafiyasi»ning vahshiy qiyofasini yana bir bor ochib tashladi.

Sobiq Prokuror Farxod Shaymanov
Biroq bu shunchaki o'tmish xotirasi emas. Bu o'sha mudhish yillarda davlat va xalq manfaati uchun jinoiy guruhlarning millionlab dollarlik takliflaridan yuz o'girgan, ammo bugungi kunda o'z islohotlarimiz soyasida asossiz jabrlanib kelayotgan haqiqiy tizim fidoyilarining tirik dramasidir.
Voqealar zanjiri 2005–2006 yillarga borib taqaladi. O'sha paytda Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritayotgan Shavkat Mirziyoev

Xozirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoev
davlatning er usti va er osti boyliklari (ayniqsa, Qashqadaryo va Buxoro tizimidagi neft-gaz zaxiralari) mafioz guruhlar tomonidan talon-toroj qilinayotganining oldini olish maqsadida tizimdagi ishonchli xodimlarga adolatli va maxfiy topshiriq beradi.
Farxod Shaymanov Lavxasi
Vazifa aniq edi: davlat mulkiga “kemiruvchi”bo'lgan barcha mafioz zanjirlarni uzish.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasida ishlagan Farhod Shaymanov va DXX (sobiq MXX) viloyat boshqarmasi boshlig'i Aliksandr Morozov hamkorlikda yirik jinoiy to'daning iziga tushishga muvaffaq bo'lishadi. Ammo ular o'zlari bilmagan holda, jinoyat zanjirining eng yuqori nuqtasida turgan shaxsning Bosh prokuror Rashid Qodirovning «uyasiga» tegib qo'yishganini idao qilmoqda Sobiq Prokuror Farxod aka Shaymanov qolaversa
Rashid Qodirov tomonidan jinoyatchilarni qonun oldida javobgarlikka tortish o'rniga, “mafiya” manfaatlarini himoya qilib, ularni yopdirishga kirishadi. Ishni oxiriga etkazmoqchi bo'lgan halol prokurorlar tezkorlik bilan ishdan olinib, soxta ayblovlar bilan panjara ortiga tashlanadi.
Meni katta jinoiy to'dani fosh qilganim uchun turmaga tiqishdi va turli jismoniy tazyiqlar o'tkazishdi. Rashid Qodirovning kuyoviga qarashli To'raqulovlar vositasida odamlarni podvallarda peshobidan qon kelgunicha vahshiylarcha qiynoqqa solishdi. Eng mudhishi mendan o'sha paytdagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga qarshi soxta ko'rsatma olishga urinishdi», deb eslaydi sobiq polkovnik Farhod Shaymanov.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.