Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Bir lahzalik jahl umrlik pushaymonlik Marg'ilon shahrida ikki qo'shni o'rtasidagi oddiy kelishmovchilik ayanchli yakun topdi biri pichoq, ikkinchisi g'isht bilan bir-biriga og'ir jarohat etkazdi. Natijada, yillab yonma-yon yashagan qo'shnilarning taqdiri sud zalida hal bo'ldi. Ushbu maqolada arzimas maishiy nizo qanday qilib jinoyatga aylangani, sud hukmi va eng muhimi inson sabr-toqatini yo'qotganda qanday og'ir

Азаматжон Хабибуллаев
Har bir mahallada qo'shnilar o'rtasidagi munosabatlar tinchlik va hamjihatlikka asoslanishi kerak. Biroq ba'zan e'tiborsizlik, asabiylik va o'zaro tushunmovchilik oddiy bahsni ham og'ir jinoyatga aylantirib qo'yadi. Jinoyat ishlari bo'yicha Marg'ilon shahar sudida ko'rib chiqilgan ushbu jinoyat ishi ham aynan shunday salbiy jarayonning qanday rivojlanishini ko'rsatadi.
Ish materiallariga ko'ra, Marg'ilon shahrida istiqomat qiluvchi ikki qo'shni F.A. va M.O. o'rtasida avvaldan davom etib kelgan kelishmovchilik mavjud bo'lgan. Ushbu ziddiyat dastlab kundalik turmushdagi mayda e'tirozlar, jumladan ko'cha harakati va muomala masalalari bilan bog'liq holda boshlangan bo'lib, vaqt o'tishi bilan shaxsiy adovatga aylangan.
2025 yil dekabr oyiga kelib vaziyat keskinlashgan. Kechki vaqtda ko'chada yuz bergan tasodifiy uchrashuv og'zaki tortishuvga sabab bo'lib, u tez orada janjalga aylangan. Atrofdagi fuqarolarning aralashuvi ham vaziyatni yumshatish o'rniga, aksincha, to'qnashuv ko'lamini kengaytirib yuborgan.
Sud muhokamasi davomida aniqlanishicha, F.A. janjal chog'ida uyiga kirib, oshxona pichog'ini olib chiqqan va shu pichoqni qo'llab, M.M. ismli shaxsga tan jarohati etkazgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko'ra, ushbu jarohat hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohati toifasiga kiradi.
Shu paytning o'zida M.O. ham janjalga aralashib, atrofdagi pishiq g'isht bo'lagini qo'llab, F.A.ning yuz qismiga zarba bergan. Natijada ikkinchi tomon ham og'ir tan jarohati olgani tibbiy xulosalar bilan tasdiqlangan.
Sud majlisida har ikki qo'shnilar o'z ayblarini to'liq tan olgan. Ular sodir etilgan voqeadan chin dildan pushaymon ekanliklarini bildirib, o'zaro yarashib olgani hamda bir-birlariga nisbatan da'volari yo'qligini ma'lum qilishgan.
Ish bo'yicha yig'ilgan barcha dalillar guvohlar ko'rsatmalari, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomalari va boshqa prosessual materiallar sud tomonidan har tomonlama tahlil qilinib, aybdorlik to'liq isbotlangan deb topilgan.
Jazo tayinlashda sud aybdorlarning avval sudlanmagani, qilmishdan chin dildan pushaymonligi, taraflarning o'zaro yarashgani hamda jabrlanuvchilarning da'vosi yo'qligini engillashtiruvchi holat sifatida inobatga olindi.
Sud hukmiga muvofiq, F.A. 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. M.O.ga esa 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Ushbu voqea yana bir bor shu haqiqatni tasdiqlaydiki, har qanday kundalik kelishmovchilikni jahl va zo'ravonlik bilan hal etish insonni og'ir huquqiy oqibatlarga olib keladi. Qo'shnilar o'rtasidagi bir lahzali asabiylik esa butun hayotga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Jinoyat ishlari bo'yicha
Marg'ilon shahar sudining raisi Azamatjon.Xabibullaev

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.