Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Bir marta sinov deb boshlangan qadam ba'zan butun bir hayotni izdan chiqarishi mumkin. Bugun giyohvandlik nafaqat alohida insonning, balki oila, jamiyat va millat kelajagining eng xavfli dushmanlaridan biriga aylanmoqda.

Bugungi kunda giyohvandlik butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. U nafaqat inson salomatligiga, balki oila muhiti, jamiyat barqarorligi va yosh avlod tarbiyasiga ham jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Giyohvand moddalarga ruju qo'ygan shaxs vaqt o'tishi bilan o'z sog'ligi, irodasi va hayot maqsadlarini yo'qotishi mumkin. Bu illat insonning jismoniy va ruhiy holatiga zarar etkazib, uning yaqinlari bilan munosabatlariga ham putur etkazadi. Ayniqsa, yoshlarning bunday zararli odatlarga berilishi ularning ta'lim olishi, kasb egallashi va kelajak rejalariga salbiy ta'sir qiladi.
Giyohvandlik ko'pincha qiziqish, noto'g'ri muhit yoki turli va'dalar ta'sirida boshlanadi. Ammo uning oqibatlari og'ir bo'lishi mumkin. Bir lahzalik qiziqish inson hayotida uzoq davom etadigan muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas.
Shu sababli har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar giyohvandlikning zarari haqida etarlicha ma'lumotga ega bo'lishi, sog'lom turmush tarziga amal qilishi, sport, ilm-ma'rifat va foydali mashg'ulotlarga intilishi muhimdir. Oiladagi e'tibor, ta'lim muassasalaridagi tarbiya va jamoatchilikning hamjihatligi bu kabi illatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunchilikda ham giyohvandlik vositalari bilan bog'liq noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik belgilangan. Zero, inson salomatligi va jamiyat xavfsizligini ta'minlash har birimizning umumiy vazifamizdir.
Giyohvandlikka qarshi kurash bu faqat bir sohaning emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Sog'lom avlod yurt kelajagining kafolatidir.
Nodirjon Kimsanov
JIB kosonsoy tuman sudi tergov sudyasi
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.