Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Касбимиз тақозоси билан кундалик ҳаётда жуда кўплаб инсонлар ва турли даражадаги раҳбарларни кузатишга одатланганмиз. Бугун жамиятимизга баландпарвоз гапирадиган эмас, балки оддий ва халқчил етакчилар сув ва ҳаводек зарур бўлиб турибди. Фарғона вилояти ҳокими ўринбосари Шерзод Полвонов айнан мана шундай хокисорлик ва юксак билимни жамлаган янги авлод раҳбаридир.

Sherzodbek Polvonov Farg'ona viloyat xokimining o'rinbosari
Bugungi kun rahbari qanday bo'lishi kerak? Ko'pchilik bu savolga "bilimli, qat'iyatli va tashkilotchi" deb javob berishi tabiiy. Lekin zamon o'zgarmoqda, bugungi jamiyat, ayniqsa, yoshlar rahbarda nafaqat rasmiylikni, balki eng avvalo samimiyat, oddiylik va xokisorlikni ko'rishni istaydi.

Sherzodbek Polvonov Yoshlar bilan birga
Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Sherzod Polvonov haqida gap ketganda, uni yaqindan tanigan, u bilan bir marta bo'lsa-da suhbatdosh bo'lgan insonlarning tiliga aynan mana shu so'z keladi Samimiyat.

Axror O'tambaev: Sherzod Polvonov xaqida iliq so'zlari
Ichki dunyoning sofligi asl rahbarlik fazilati
Insonning ichki dunyosini, uning asl qiyofasini bilish uchun yillab birga yashash shart emas.

Ba'zan bir og'iz shirin so'z, fikr almashish jarayonidagi xolislik va ko'zlardagi samimiyat insonning kimligini yaqqol ko'rsatib beradi. Sherzod Polvonov bilan suhbatlashgan odam undagi yuksak madaniyatni va soxtalikdan yiroqlikni darrov his qiladi.

Matbuot anjumani
Unda mansab havosi, g'orazlik yoki kibr aslo sezilmaydi.
Eng e'tiborli jihati u kim bilan gaplashmasin, yosh bola bo'ladimi yoki yoshi ulug' nuroniymi, bir xilda hurmat va ehtirom bilan muloqot qiladi. Suhbatdoshini tinglay olish, uning fikrini qadrlash qobiliyati bugungi yosh rahbarlar orasida kamdan-kam uchraydigan, ammo juda zarur bo'lgan xislatdir.
Yoshlar uchun haqiqiy o'rnak
Bugun Farg'ona yoshlari o'zlariga zamonaviy, bilimli (gramotnыy) va shu bilan birga xalq ichida yuradigan rahbarlarni o'rnak qilib olmoqdalar.
Sherzod Polvonov o'zining ana shunday xokisorligi va yuksak intellektual salohiyati bilan viloyat yoshlari uchun chinakam motivasiya manbaiga aylanib ulgurdi. Uning ish uslubi, odamlar bilan muloqot madaniyati kelajakda katta marralarni ko'zlagan yoshlar uchun o'ziga xos maktabdir.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.