Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Gap shundaki, «BLT» MChJ (klaster) Farg'ona viloyatidagi bir nechta fermer xo'jaligi bilan paxta xom ashyosi etkazib berish bo'yicha fyuchers shartnomalari tuzib, mahsulotni qabul qilib olgan bo'lsa-da, pullarni vaqtida to'lab bermagan. Fermerlar o'z haqini undirish uchun sudga murojaat qilishga majbur bo'ldi.

Mustaqillikni dastlabki yillaridanoq Respublikamizda tadbirkorlikni doimiy ravishda himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi aniq maqsadga yo'naltirilgan islohotlar olib borilmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani haqiqiy bozor munosabatlarining tarkib topishiga, mahsulot va ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshishini ta'minlaydigan raqobatning rivojlanishiga yordam beradi.
Shu sababli tadbirkorlik sub'ektlarini huquq va manfaaatlarini himoya qilish borasida sudlar tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, Farg'ona viloyat fermerlari kengashi «Abdulxakimov Abdulxamid fayz» fermer xo'jaligi manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, «B LT» mas'uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 24 145 461 so'm asosiy qarz, 12 072 730 so'm penya va 41 200 so'm pochta xarajatini undirishni so'ragan.
Ish hujjatlariga qaraganda, «Abdulxakimov Abdulxamid fayz» fermer xo'jaligi (“Sotuvchi”) bilan «BLT» mas'uliyati cheklangan jamiyati (“Sotib oluvchi”) o'rtasida 2021 yil 1 oktyabr kungi 1-sonli, 2022 yil 30 dekabr kungi 21-sonli hamda 2024 yil 2 oktyabr kungi 7159523-sonli paxta xom ashyosi etishtirish hamda xarid qilish bo'yicha fyuchers shartnomalari tuzilgan.

Taraflar o'rtasida tuzilgan 2024 yil 2 oktyabr kungi 7159523-sonli shartnomaning 3.1.-bandiga ko'ra, “Sotuvchi” tomonidan mahsulotni etkazib berish moliya yilining sentyabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi.
Shartnomaning 3.2.-bandiga ko'ra, “Sotib oluvchi” tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 25.12.2023 yildagi 680-sonli qaroriga asosan shartnoma to'lov mablag'larining 80 foizi mahsulotni qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi esa moliya yilining 31 dekabriga qadar sotuvchining 23210 hisob raqamiga o'tkazib berilishi ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasiga ko'ra, har kim o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko'rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga ko'ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo'lmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo'yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
FKning 238-moddasi birinchi qismiga ko'ra, majburiyat kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishi shart.
FPKning 357-moddasi birinchi qismiga ko'ra, shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo'lib qoladi deb belgilangan.
Shu sababli, da'vogar «Abdulxakimov Abdulxamid fayz» fermer xo'jaligi foydasiga javobgar «BLT» mas'uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 21 400 743,04 so'm asosiy qarz, 5 200 000 so'm penya va 41 200 so'm pochta xarajatlari, jami 26 641 943,04 so'm undirilgan.
Xuddi shuningdek, da'vogar «Avazbek Qirg'izov» fermer xo'jaligi foydasiga javobgar «BLT» mas'uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 10 265 641 so'm asossiz ushlangan pul mablag'i va 37 500 so'm pochta xarajatlari, jami 10 303 141 so'm undirilgan.
Shunday ekan tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, bu borada aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf qilish va uni oldini olish, shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko'rish hamda qonun ustuvorligini ta'minlash borasida sudlar tomonidan o'z oldilariga qo'yilgan muxim vazifalardan biri qilib belgilangan.
Farg'ona tumanlararo iqtisodiy
sudi sudyasi:T.T.Mamatojiev

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.