Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Farg'ona viloyati IIB JXX Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumanida 2026 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha hisobot berildi. Polkovnik tomonidan taqdim etilgan raqamlarga ko'ra, viloyatda yo'l-transport hodisalari 41,5 foizga kamaygan. Biroq, ushbu ijobiy dinamika fonida og'riqli masalalar saqlanib qolmoqda bolalar va piyodalar o'limi bilan bog'liq ko'rsatkichlarda o'sish kuzatilgan.
Rasmlar

Yaqinda Farg'ona viloyati IIB YHX boshqarmasida OAV vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda soha rahbariyati tomonidan 2026 yilning to'rt oylik yakunlari bo'yicha raqamlar ochilandi. Polkovnik tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, viloyatda yo'l-transport hodisalari o'tgan yilga nisbatan 41,5 foizga kamaygan bo'lsa-da, bolalar va piyodalar ishtirokidagi o'lim ko'rsatkichlaridagi dinamikasi o'sishi kuzatilgan.

Eng diqqatni tortadigan jihati atigi 4 oy ichida 200 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan bo'lib, ularning 60 mingga yaqini qo'pol qoidabuzarliklar sifatida qayd etilgan. Ushbu raqamlardan so'ng, "Farg'ona Media" vakillari sifatida muhim tashabbusni ilgari surdik. Xususan, Hayit namozi va Juma kunlari masjidlar atrofida ilojsizlikdan, joy yo'qligi sababli mashinasini ikkinchi qatorda qoldirishga majbur bo'lgan namozxonlarni darhol jarimaga tortmaslik kerak.

Bizning taklif bunday vaziyatlarda birinchi navbatda ogohlantirish bilan chegaralanish! Zero, jazodan maqsad xalqning cho'ntagidan pul sug'urib olish emas, balki ularni tarbiyalash bo'lishi shart. Davlat idoralari, ayniqsa yo'l posbonlari faoliyatidan xalq rozi bo'lishi oliy maqsadimizdir.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.