Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Bugun yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Har yili ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar o'tkaziladi, ammo bu yil Farg'onada tashkil etilgan bayram shodiyonalari o'zining yuqori saviyasi va o'zgacha shukuhi bilan ajralib turdi. Bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha ijodkorlar, jurnalist va blogerlarni birlashtirgan, ularning mashaqqatli mehnatiga haqiqiy ehtirom ko'rsatilgan chinakam qadrlash kechasi bo'ldi.

Шерзодбек Полвонов Фарғона вилоят хокимининг ўринбосари хамда Шухратжон Эсанов
Tashkilotchilar tomonidan har bir detalga, mehmonlarning kutib olinishidan tortib, dasturning mazmun-mohiyatigacha alohida e'tibor qaratilgani yaqqol sezilib turdi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Ustoz Muxammadjon Obidov
Ijod ahli uchun yaratilgan bunday ko'tarinki kayfiyat va samimiy muhit bayramning qiymatini yanada oshirdi.

Bayram bayramday bo'lsin axir
Viloyat rahbariyati va tashkiliy qo'mitaning jurnalistlar maqomini ulug'lash, ularni rag'batlantirish yo'lidagi sa'y-harakatlari tahsinga loyiq.

Qalam ahlining yakdil e'tirofi
Tadbir davomida va uning yakunida Farg'onadagi barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlar bir ovozdan tashkilotchilarga o'zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Ijod ahlini tinglay oladigan, ularni qo'llab-quvvatlaydigan va bayramni mana shunday yuqori professional darajada tashkil etib bergan barcha insonlarga, viloyat hokimligi va mutasaddilarga katta rahmat aytamiz. Bugungi e'tibor bizga yangi kuch va yanada shijoat bilan ishlash uchun katta motivasiya berdi."

Farg'ona media makoni bugungi kunda nafaqat viloyatda, balki respublika miqyosida ham o'z o'rni va so'ziga ega bo'lib bormoqda. Bugungidek yuksak e'tibor esa haqqoniylik va xalq manfaati yo'lida xizmat qilayotgan qalam tebratuvchilarning mehnati hech qachon bejiz ketmasligining yana bir isboti bo'ldi.

Farg'onaning barcha ijodkorlari nomidan tashkilotchilarga yana bir bor rahmat aytamiz, bayramingiz muborak bo'lsin, hamkasblar!

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.