Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
So'nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini sog'lomlashtirish, fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta'minlash borasida qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, amaliyotda sheriklik munosabatlarining norasmiy yoki chala hisob-kitoblar asosida qurilishi oqibatida kelib chiqayotgan nizoli vaziyatlar ham uchrab turadi.

Ferganamedia taxriryati tomonidan tadbirkor Shavkat Xamdamov murojaati o'rganildi. Uning aytishlariga qaraganda, “bosim ostida tilxat yozdirib, keginchalik shu tilxatga asosan jinoyat ishi qo'zg'atilganini, xozirda esa sud jarayonlar boshlanganinini bildirgan,”va taxrirryat xodimlarini sudda erkin tinglovchi sifatida qatnashishligimizni uning murojaatlarini yoritishimizni iltimos qildi.
Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudida ko'rib chiqilgan va jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otgan Shavkat Xamdamovga oid jinoyat ishi ana shunday murakkab iqtisodiy va fuqarolik munosabatlarining oqibatlarini yaqqol ko'rsatib berdi.
Shavkat Hamdamov va ikkinchi tomon Farxod Rahmonqulov lavxasi
Sud hujjatlarida keltirilishicha, mazkur ish asosan ko'chmas mulkni sotib olish, tijorat kreditlarini rasmiylashtirish va o'zaro qarzdorlik masalalari atrofida aylanadi.
Ish materiallariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi munosabatlar dastlab birgalikda biznes yuritish, savdo do'konlarini “rekonstruksiya”qilish kengaytirish va kredit mablag'larini jalb qilish maqsadida boshlangan. Biroq keyinchalik olingan bank kreditlarining o'z vaqtida yopilmagani, garovga qo'yilgan mulklarning taqdiri va hisob-kitoblarning chalkashib ketgani tomonlar o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan.
Shavkat Xamdamov «Ferganamedia.uz» tahririyatiga qilgan murojaatida ayblarga qo'shilmasligini, ish faoliyati davomida yo'l qo'yilgan moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishga harakat qilganini, biroq ayrim holatlarda unga nisbatan nohaq ayblovlar qo'yilgani hamda bosim ostida ayrim hujjatlarga imzo chekib berganini bildirgan.
O'z navbatida, jabrlanuvchilar (F. Raxmankulov va Sh. Xamdamov) o'zlariga tegishli mulklar va fermer xo'jaliklari bankka garov sifatida kiritilib, olingan mablag'lar va'da qilingan maqsadlarga sarflanmagani hamda ularga katta miqdorda moddiy zarar etkazilganini ta'kidlab, qonuniy chora ko'rilishini suddan so'raganlar. Biroq Sud majlisining muzokara qismida sudlanuvchining himoyachilari tomonidan muhim huquqiy vajlar keltirib o'tildi. Advokatlarning pozisiyasiga ko'ra, sodir bo'lgan voqealar mazmunan jinoiy xatti-harakatni emas, balki fuqarolik-huquqiy munosabatlarni (oldi-sotdi, qarzdorlik va o'zaro hisob-kitoblarni) tashkil etadi. Himoya tarafi ushbu ish bo'yicha qonuniy asoslarga ko'ra oqlov hukmi chiqarilishi kerakligini, mavjud nizolarni jinoyat kodeksi normalari bilan malakalash noto'g'ri ekanligini qat'iy ta'kidlab, suddan adolatli qaror chiqarishni so'rab oqlov xukmi so'ralgan.
Jinoyat ishi sudda ochiq tarzda, barcha taraflar prokuratura vakillari, himoyachilar, jabrlanuvchilar, guvohlar hamda ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, «Ferganamedia.uz» xodimlari) ishtirokida har tomonlama ko'rib chiqildi.
Sud tergovi jarayonida to'plangan hujjatlar, guvohlarning ko'rsatuvlari va moliyaviy hisob-kitoblar tahlil qilinib, Shavkat Xamdamovning harakatlariga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo'yicha jazo tayinladi.
Muallif
Izohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.