Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Adolat qaror topgan joyda jamiyatda ishonch mustahkamlanadi. Farg'ona tumanida bo'lib o'tgan navbatdagi sud ishi ham aynan shu haqiqatni yana bir bor tasdiqladi.

Фарғона туман жиноят ишлари бўйича тергов суди судьяси Ҳ. Қўқонбоев
Bugun Farg'ona viloyati Farg'ona tuman jinoyat ishlari bo'yicha tergov sudi sudyasi H. Quqonboev tomonidan jabirlanuvchi O.H. hamda ma'muriy javobgar F.Q.ga oid ma'muriy ish ko'rib chiqildi.

Mazkur ish O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 21-prim 2-moddasi asosida yarashuv akti mavjudligi inobatga olingan holda yakunlandi. Sud jarayonida jabirlanuvchi va javobgar o'rtasida hech qanday xusumat qolmagani, ular o'zaro kelishuvga erishgani hamda nizo tinch yo'l bilan bartaraf etilgani e'tiborga olindi.

Sudya ishni har tomonlama, to'liq va xolis o'rganib, insonparvarlik va insoniylik tamoyillarini ustuvor qo'ygan holda qaror qabul qildi.

Bugungi qaror O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Miramanovich Mirziyoev tomonidan sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaldagi ko'rinishi sifatida baholanmoqda. Davlat rahbari ta'kidlaganidek, «Har bir fuqaro sudga kirganida adolat borligini his qilishi kerak» degan tamoyil Farg'ona tumanidagi ushbu sud jarayonida o'z ifodasini topdi.
Qonun ustuvorligi bilan bir qatorda, inson taqdiriga befarq bo'lmaslik, yarashuv va o'zaro tushunishni rag'batlantirish ham sud tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Farg'ona tuman tergov sudida qabul qilingan mazkur qaror aynan shu yondashuvning amaliy namunasi bo'ldi.
Adolat, xolislik va insoniy munosabatni ustuvor qo'ygani uchun sudya H. Quqonboev faoliyatiga nisbatan ijobiy fikrlar bildirilmoqda.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.