Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpga tavallud kuni munosabati bilan tabrik maktubi yo'lladi. Davlat rahbari o'z tabrigida Donald Trampni boy tajribaga ega, o'z xalqi hurmatiga sazovor davlat arbobi sifatida e'tirof etdi.

Prezidentimiz tomonidan yo'llangan mazkur tabrik maktubi nafaqat diplomatik ehtirom namunasi, balki mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlarini ham namoyon etdi.

Davlat rahbari O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, yangi investisiyalarni jalb qilish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida dunyoning etakchi davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratayotgani ta'kidlanmoqda.
So'nggi yillarda O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat, ishonch va manfaatli hamkorlik asosida yangi bosqichga ko'tarildi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalar kirib kelishi, yangi ish o'rinlari yaratilishi, zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi va aholi turmush darajasining yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev o'z tabrigida Donald Trampning xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, O'zbekiston Amerika Qo'shma Shtatlari bilan ko'p qirrali va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorligimizni bildirdilar.
Maktubda savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro va mintaqaviy maydonlardagi hamkorlikni kengaytirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.
Prezidentimiz Donald Trampni O'zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etar ekan, bu ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori pog'onaga olib chiqishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shubhasiz, davlatimiz rahbarining xalqaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan bunday sa'y-harakatlari, eng avvalo, mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy o'sish va xalqimiz farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Tabrik yakunida Donald Trampga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat va mas'uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolindi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.