Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Marg'ilon shahrida soha xodimlari o'rtasida «Mastlik va rul Jinoyat va Jazo» mavzusida keskin profilaktik muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda «temir intizom» va huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali yo'llardagi bevaqt o'limning oldini olishdir.

Мирзабоев Миродил Минаварович жиноят ишлари бўйича Марғилон шаҳар суди судьяси Хазраткулов Лазизбек Бахридинович Тергов судьяси
Joriy yilning 7 may kuni Kadastr agentligi Marg'ilon shahar bo'limi binosida spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda transport vositasini boshqarishning oqibatlari hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek “Yo'l-transport hodisalarining oldini olish, yo'l harakati qoidalariga rioya etish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Targ'ibot tadbiri qatnashchilariga bugungi kunda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanishi, ayrim haydovchilar tomonidan spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda transport vositasini boshqarish holatlari uchrab turgani, bu esa ko'plab yo'l-transport hodisalariga sabab bo'layotgani, bu turdagi ma'muriy huquqbuzarlik va jinoiy javobgarlik uchun jazo choralari kuchaytirilgani, xususan, 2025 yil 20 fevral kuni O'zbekiston Respublikasining “Yo'l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi 1033-sonli Qonuni yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, bu turdagi sudda ko'rilgan huquqbuzariklar va jinoyatlar misollar bilan keltirib o'tildi.
Qatnashchilarning yuqoridagi mavzu yuzasidan o'zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.