Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Бугун банклардан бирига бориб, соатлаб навбатда сарсон бўлдингизми? “Тизим ўчди”деган қисқагина баҳона орқали нафақат вақтингиз, балки асаб ва пулларингиз ҳам куйиб кетгани аниқ. Энг алам қиладигани банк айби билан солиқ ёки кредит тўлови кечикса, жаримани (пеняни) барибир Сиз тўлайсиз! Хўш, нега банклар хатоси учун оддий халқ ўз чўнтагидан товон тўлаши керак? Марказий банкнинг 3434-сонли Низоми талаблари Фарғонада нега ишламаяпти?

Kuni kecha Farg'ona viloyatidagi Agrobank filiallaridan birida bank to'lov tizimlari butunlay ishlamay qoldi. Soliq to'layman, shartnoma pulini o'tkazaman yoki kredit yopaman deb kelgan o'nlab fuqarolar va tadbirkorlar uzun navbatlarda sarson bo'lishdi.
Jaxongir Mirzaev Advokat
Oxir-oqibat ularga qisqagina qilib: «Tizim ishlamayapti, qachon yonishi noma'lum», degan javob berildi.
Xo'sh, bunday vaziyatda vaqti va asablari yo'qotilgan, eng yomoni to'lovi kechikkani uchun jarimaga (penyaga) tushadigan fuqaroning zararini kim qoplaydi? Ayb kimda bankdami yoki “tizim” dami? Qonun nima deydi?
Markaziy bank boshqaruvining 3434-sonli Nizomi (10-band) talabiga ko'ra, to'lov tizimlarida uzilish kuzatilgan taqdirda, bank 3 ish kuni ichida Markaziy bankka uzilish sabablari, davomiyligi va uning foydalanuvchilarga ta'siri ko'lami haqida hisobot berishi shart.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida” gi Qonunga asosan, xizmat ko'rsatuvchi tashkilot (bu o'rinda bank) o'z tizimidagi texnik nosozlik tufayli mijozga etkazilgan moddiy zararni qoplab berishga majbur.
Amaliyotda-chi?
Afsuski, amaliyotda manzara butunlay boshqacha. Bank tizimi ishlamay qolgan kuni soliq yoki kredit to'lovining so'nggi muddati bo'lsa, soliq idorasi yoki kredit avtomatik dasturi “bankning tizimi ishlamabdi”deb imtiyoz bermaydi. Kompyuter avtomatik tarzda fuqaroga jarima hisoblaydi. Bank esa buni “texnik profilaktika” yoki “fors-major deb xaspo'shlaydi va chetga chiqadi. Natijada, zarar yana oddiy xalqning elkasida qolib ketmoqda.
Savol tug'iladi: Nega banklar zamonaviy texnologiyalar rivojlangan 2026 yilda ham o'z axborot tizimlarining barqarorligini ta'minlay olmayapti? Agar fuqaro bankdan 1 kun kechikib kredit to'lasa, bank darrov jarima undiradimi? Ammo bank aybi bilan fuqaroning ishi bitmay qolsa, nega bank javob bermaydi?

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.