Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Jinoyat ishlari bo'yicha sudlarda ko'riladigan har bir ish inson taqdiri bilan bog'liq bo'ladi. Ayniqsa, giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlar nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega hisoblanadi. Chunki bunday holatlar inson salomatligiga, oila barqarorligiga va jamiyat xavfsizligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Suniy intelektda tayyorlandi
Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudida ko'rilgan ushbu ish ham ana shunday masalalardan biri bo'lib, sudlanuvchi B.Sobirov(ism-sharifi o'zgartirilgan)ning giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlaganligi bilan bog'liq holat yuzasidan ko'rib chiqildi. Sud majlisi ochiq tarzda o'tkazildi.
Ishdagi holatlarga ko'ra, sudlanuvchi muqaddam ham giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan bo'lsa-da u 2025yil dekabr oyida Farg'ona shahar, “Beshbola” MFY, hududida joylashgan dala maydonidan yovvoyi holda o'sib yotgan nasha giyohvandlik vositalarini terib kelib, tayyorlab, faqat o'ziningiste'moli uchun saqlab kelgani, haqiqatdan ham ba'zida ozroq miqdorda mazkur giyohvandlik vositasidan iste'mol qilib kelganida u o'zini shubhali tutganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tekshiruv o'tkazilgan, tekshiruvda uning yonidan gashish giyohvandlik vositasi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Sudda u o'zi uchun giyoxvand moddasini iste'mol qilish maqsadida saqlab kelgani, qilmishidan pushaymon ekanligini va kelgusida bunday xatoga yo'l qo'ymasligini ma'lum qilgan bo'lsa-da, jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudi tomonidan 2026 yil 12 yanvar kuni qonun talablaridan kelib chiqib, sudlanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni lozim topdi.
Ushbu sud jarayoni yana bir bor shuni ko'rsatdiki, qonun ustuvorligi ta'minlangan jamiyatda har qanday huquqbuzarlik o'zining huquqiy bahosini oladi. Har bir shaxs o'z qilmishining oqibatlari uchun javob berishi lozim. Ayniqsa, giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlar inson hayoti va kelajagiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Sudning mazkur ish bo'yicha chiqargan hukmi nafaqat aybdor shaxsga nisbatan jazo chorasini belgilash, balki boshqa fuqarolar uchun ham ogohlantiruvchi ahamiyatga ega. Bu esa jamiyatda qonunga hurmat ruhini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur sud hukmi bilan adolat qaror topishi, sudning xolis va qonuniy qaror qabul qilishi hamda har bir jinoyat o'z vaqtida huquqiy bahosini olishi yana bir bor namoyon bo'ldi. Adolatli sud — huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi.
Farruxjon Raxmatov, jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudining sudyasi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.