Загрузка...
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Avvalroq Effect.uz saytida Farğona viloyati Oltiariq tumanida yaşovçi, 19 yillik turmuşi davomida tõrt nafar farzandni tarbiyalab kelayotgan Ş. Abdurahmonovaning oilaviy muammosi yoritilgan edi. Biroq keyinçalik vaziyat yanada jiddiy tus oldi

2026 yil 28 sentyabrda Fuqarolik ishlari bo'yicha Rishton tumanlararo sudi M. To'xtanazarovnig Sh. Abdurahmonova va oila a'zolarini uydan majburiy ko'chirish haqidagi da'vo talablarini rad etgan.
Sud hujjatida ayol va to'rt nafar voyaga etmagan farzandi 2010 yil aprel oyidan buyon ushbu xonadonda yashayotgani, mulkdorning roziligi bilan kirib joylashgani va uy-joydan foydalanish huquqiga ega ekani qayd etilgan.
Sud orqali ko'chirishga erisha olmagan tomon nega sud tartibini chetlab o'tib, o'zboshimchalik yo'lini tanladi?
Sh. Abdurahmonovaning bildirishicha, 2026 yil 11 oktyabr kuni qaynotasi va boshqa qarindoshlari kechki vaqtda xonadonga kelib, uning roziligisiz buyumlarini mashinaga yuklab, qizlik uyiga olib borib tashlashgan. Ayol e'tiroz bildirganida, uyni bo'shatmasa, o'ldirish bilan tahdid qilinganini aytmoqda.
Bu qanday holat? Sudda hal etilmagan masalani o'zboshimchalik bilan hal qilishga urinishmi? Sud tartibini chetlab o'tishmi yoki o'zboshimchalikning boshqa ko'rinishimi?
Hech kim o'zini sud o'rniga qo'yib, boshqa insonning huquqini o'zboshimchalik bilan cheklashga haqli emas! Agar bayon etilgan holatlar tasdiqlansa, bu harakatlarga huquqiy baho berilishi shart.
Ayolning aytishicha, u bir necha bor 102 raqamiga qo'ng'iroq qilib, yordam so'ragan. Biroq hanuzgacha kutilgan natija bo'lmagan.
22 noyabr kuni Farg'ona viloyati IIB boshqarma boshlig'ining shaxsiy qabuliga bordik. Ammo qabulga kirish imkoni bo'lmadi. Maqsadimiz ushbu holatni viloyat rahbariyati nazoratiga etkazish edi.
Sudning ko'chirish haqidagi da'voni rad etgan qarori nega inobatga olinmagan?
Sud tartibini chetlab o'tib, buyumlarni olib chiqib ketish holatiga kim huquqiy baho beradi?
O'lim tahdidi va 102 raqamiga qilingan qo'ng'iroqlar nega aniq natija bermayapti? Nega to'rt nafar farzandning onasi himoya izlab idorama-idora yurishi kerak?
Mas'ul idoralardan ushbu holatni nazoratga olib, sud hujjatlari, 102 chaqiriqlari va o'zboshimchalik haqidagi vajlarni xolisona tekshirishni so'raymiz.
Sud bor joyda “samosudga” o'rin yo'q! Qonunni mensimaslikka ham, inson huquqini o'zboshimchalik bilan poymol qilishga ham yo'l qo'yilmasligi kerak!
EFFECT.UZ muxbiri Xamidjon Axmedov
Автор
ModeratorКомментариев пока нет.
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».