Загрузка...
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Фергана это не только край ремесленников и садов, но и новый драйвер глобальной цифровой экономики. Возведенный в центре города новый комплекс IT-парка это не просто здание, а фабрика возможностей, превращающая мечты тысяч молодых людей в реальный доход

150 Milliardlik Investisiya Inson Kapitali Uchun Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmua

Farg'onaning texnologik qiyofasini tubdan o'zgartirib yubordi. 150 milliard so'mlik loyiha nafaqat devorlar va kompyuterlar balki vodiy yoshlari uchun dunyo bozoriga ochilgan oltin darvozadir.

Bir vaqtning o'zida 200 ta eng kuchli kod ustalari jang maydoniga aylanuvchi ushbu markaz yiliga 3 ming dan ortiq yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash quvvatiga ega.

Raqamlar So'zlaganda Eksport Potensiali
Farg'ona viloyatida IT xizmatlari hajmi qisqa vaqt ichida 4 barobarga o'sgani bu shunchaki statistika emas balki viloyat yoshlarining dunyo bilan tillasha olayotgani isitidir.

2025 yil yakunlariga ko'ra eksport hajmi 22.7 million dollarni tashkil etgan bo'lsa yaqin istiqbolda bu ko'rsatkichni 30 million dollardan oshirish rejalashtirilgan. Hozirda viloyatda 139 ta rezident kompaniya faoliyat yuritayotgan bo'lsa yangi park ishga tushishi bilan ularning soni 200 taga etadi va 700 ta yangi yuqori daromadli ish o'rni yaratiladi.

AI Xab va Kelajak Texnologiyalari
Bu erda faqat kod yozilmaydi bu erda Sun'iy Intellekt tilsimlari echiladi. Majmua qoshida tashkil etiladigan AI Xab hududdagi boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish va startaplarni kosmik tezlikda

rivojlantirishga xizmat qiladi. Majmuada dasturlashdan tortib grafik dizayn va ingliz tiligacha bo'lgan zamonaviy kurslar eng kuchli startaplar uchun venchur moliyalashtirish grantlar va akselerasiya dasturlari yo'lga qo'yiladi.

Yangi IT park bu Farg'ona yoshlari uchun uyda o'tirib dunyodan pul top formulasining amaliy ijrosidir. Endi vodiy yoshlari ish izlab chetga ketmaydi balki dunyoning eng yirik kompaniyalari Farg'onadan mutaxassis qidiradi. Farg'ona raqamli kelajakning yangi manzili.

Автор
Шухратжон ЭсановКомментариев пока нет.
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».