Loading...
Ferganamedia.uz is registered as an electronic mass media 26 September 2024 by the AOKA under the administration of the President. Certificate number: 414738. Founder: OOO «Fergana Media Press».
Ferganamedia.uz is registered as an electronic mass media 26 September 2024 by the AOKA under the administration of the President. Certificate number: 414738. Founder: OOO «Fergana Media Press».
O'zbekistonning inson huquqlari, xususan, ayollar va bolalarni zo'ravonlikdan himoya qilish borasidagi qonunchilik bazasi xalqaro standartlar darajasiga ko'tarilgani tahlil qilingan.

So'ngi yillarda jinsiy zo'ravonlik, femisid va oilaviy zo'ravonlik dunyo miqyosida eng dolzarb huquqiy masalalaridan biriga aylandi. Ayniksa, xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikni alohida jinoyat sifatida belgilash, femisid tushunchasini qonunchilikka kiritish va jabrlanuvchilarni himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish bo'yicha ko'plab davlatlarda, shu jumladan O'zbekistonda islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jinsiy zo'ravonlik - shaxsning roziligisiz jinsiy harakatlarga majburlash, tahdid qilish, ta'qib qilish, majburiy nikoh, xizmat mavqeidan foydalanib jinsiy bosim o'tkazish yoki boshqa jinsiy xarakterdagi noqonuniy harakatlardir. Jinsiy zo'ravonlik turli mintaqalarda ko'p hollarda oila doirasida yoki yaqin munosabatlarda sodir bo'ladi. Shu sababli ko'plab davlatlar oilaviy zo'ravonlikni alohida jinoyat sifatida belgilamoqda.
Ushbu jinoyatlarga femisid (femicide) - ayolni aynan ayol bo'lgani uchun o'ldirish kiradi. Bu odatda oilaviy zo'ravonlik, rashq, ajrashishga qarshi chiqish, majburiy nikoh, “sha'n” tushunchasi bilan bog'liq jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan. Shuningdek, jinoyatni boshqa turi familisid (familicide) – oila a'zolarini bir vaqtning o'zida yoki ketma-ket o'ldirish (masalan, erkaning xotini va bolalarini o'ldirishi), ta'qib (stalking) uchun jinoiy javobgarlik joriy etilgan. Bunday jinoyatlar odatda oilaviy mojarolar, iqtisodiy muammolar, rashk va ajrashish bilan bog'liq hollarda sodir bo'ladi. Ushbu jinoyatlar jamiyat uchun ayniqsa xavfli hisoblanadi.
2023 yilda O'zbekistonda oilaviy zo'ravonlik alohida jinoyat deb topildi. Bu Markaziy Osiyodagi muhim huquqiy islohotlardan biri hisoblanadi. Qonunga ko'ra, oilaviy zo'ravonlik jinoyat deb belgilandi; jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish taqiqlandi. Bundan tashqari, ayollarni majburiy abort qilish uchun jazo kuchaytirildi, o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish, shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor qilish harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu bilan O'zbekiston oilaviy zo'ravonlikni alohida jinoyat deb belgilagan davlatlar qatoriga qo'shildi.
Keyingi yillarda qonunchilikka bir qator qo'shimcha va o'zgarishlar kiritilib, bolalarga nisbatan zo'ravonlik uchun javobgarlik va profilaktika choralari kuchaytirildi, sudda yarashuv tartibi qayta ko'rib chiqildi, himoya orderlarini 24 soat ichida berish, orderlarni elektron tarzda rasmiylashtirish, jabrlanuvchiga nisbatan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq hamda zo'ravonlik holati aniqlanganda, profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektor tomonidan himoya orderini tashabbus tartibida berish tartibi joriy etildi.
Bu mexanizm jabrlanuvchilarni himoya qilishda samarali vosita hisoblanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to'g'risida”gi 03.03.2026 yildagi PF-33-sonli Farmoni nafaqat o'zbekistonliklar, balki ko'plab davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet elda yashovchi fuqarolar tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Ushbu Farmonda, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Jinoyat kodeksida voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etish bilan bog'liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslar jinoyatlarni sodir etganda ularga tegishincha umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashga oid qonun loyihasini uch oyda kiritish; shuningdek, Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) bilan birgalikda - ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy amaliyotni o'rgangan holda xotin-qizlarni aynan jinsi sababli qasddan o'ldirish (femisid), oila a'zolarini qasddan o'ldirish (familisid), shaxsni uning erkiga qarshi ravishda noqonuniy ta'qib qilish (stalking), Internet yoki ijtimoiy tarmoqlarda sodir etiladigan zo'ravonlik (kiberzo'ravonlik), voyaga etmagan shaxslardan jinsiy foydalanish hamda shu maqsadda Internet orqali voyaga etmagan shaxsning ishonchini qozonish (onlayn gruming) uchun qonunchilikda qonunchilikda javobgarlik belgilash topshirig'i berildi.
Farmon bilan ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida maxsus “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.
Farg'ona viloyat sudining
iqtisodiy sudlov hay'ati sudyasi D.Akramova

Created by
Shukhratjon EsanovNo comments yet.
Ferganamedia.uz is registered as an electronic mass media 26 September 2024 by the AOKA under the administration of the President. Certificate number: 414738. Founder: OOO «Fergana Media Press».