Loading...
Ferganamedia.uz is registered as an electronic mass media 26 September 2024 by the AOKA under the administration of the President. Certificate number: 414738. Founder: OOO «Fergana Media Press».
Ferganamedia.uz is registered as an electronic mass media 26 September 2024 by the AOKA under the administration of the President. Certificate number: 414738. Founder: OOO «Fergana Media Press».
ŌZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSIGA DAXLSIZLIK VA IMMUNITET KAFOLATLARINI HIMOYA QILIŞGA QARATILGAN MUHIM ÕZGARTIRIŞLAR KIRITILDI

Õzbekiston Respublikasining 2026 yil 14 oktyabrdagi ÕRQ-1182-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga odil sudlovni amalga oşiriş, qonun ustuvorligini ta'minlaş hamda qonun bilan daxlsizlik va immunitet huquqiga ega bo'lgan şaxslarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşga qaratilgan muhim o'zgartiriş va qõşimçalar kiritildi.
Mazkur Qonun 2026 yil 15 oktyabrdan e'tiboran kuçga kirdi.
Kiritilgan õzgartirişga muvofiq, Jinoyat kodeksining 10-moddasi yangi ikkinçi qism bilan to'ldirildi. Unga ko'ra, mazkur moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan qoida qonunga muvofiq daxlsizlik va immunitetga ega bõlgan shaxslarga nisbatan alohida tartibga rioya etgan holda qõllaniladi.
Ushbu qõşimçaning ahamiyati shundaki, daxlsizlik va immunitet huquqiga ega şaxslarga nisbatan jinoyat-prosessual harakatlarni amalga oşirishda qonunda belgilangan maxsus tartibga qat'iy amal qiliș zarurligi Jinoyat kodeksi darajasida mustahkamlandi.
Bu esa mazkur toifadagi şaxslarning huquq va erkinliklarini asossiz cheklashning oldini oliş, mansabdor şaxslar tomonidan qonun talablariga rioya etilişini ta'minlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining XVI bobi nomi ham yangi tahrirda bayon etildi. Ilgari «Odil sudlovga qarşi jinoyatlar» deb nomlangan mazkur bob endi «Odil sudlovni amalga oşirishga va huquqni muhofaza qilişning qonuniy tartibiga qarşi jinoyatlar» deb yuritiladi.
Bob nomining õzgartiriliş huquqni muhofaza qiluvchi “organlar” faoliyatida qonuniylikni ta’minlaş, prosessual tartib-taomillarga rioya etiş hamda odil sudlovga tõsqinlik qiluvchi ğayriqonuniy harakatlarga qarşi kuraşiş doirasining kengaytirilganini anglatadi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi 230³-modda kiritildi. U «Daxlsizlikka va immunitetga oid kafolatlarni buzish» deb nomlanib, qonunga muvofiq daxlsizlik va immunitetga ega bõlgan shaxslarga nisbatan ğayriqonuniy harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilaydi.
Mazkur moddaga kõra, Őzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi yoki qonuniga muvofiq daxlsizlik va immunitetga ega bõlgan şahsni bila turib qonunga xilof ravişda uşlab turish, majburiy keltiriş, unga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyatini, suriştiruv va tergov harakatlarini amalga oşiriş yoxud uning huquq va erkinliklarini çeklaydigan boşqa prosessual majburlov choralarini qõllaş jinoiy javobgarlikka sabab bõladi.
Şuningdek buningdek, bunday harakatlarni amalga oşiriş tõğrisidagi buyruq yoki topşiriq berish ham jinoyat tarkibini taşkil etadi. Demak, qonun faqat bevosita ğayriqonuniy harakatni sodir etgan şahsni emas, balki uni amalga oşiriş ga kõrsatma bergan şaxsni ham javobgarlikka tortişni nazarda tutadi.
Uşbu jinoyat uchun muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.
Agar mazkur harakatlar takroran, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, zõrlik işlatib yoki zõrlik işlatiş bilan qõrqitib sodir etilsa, şuningdek dalillarni soxtalaştiriş yoki ayblovning sun'iy dalillarini vujudga keltiriş, qamoqqa oliş yoxud jinoiy javobgarlikka tortiş orqali amalga oşirilsa, javobgarlik yanada kuchaytiriladi.
Bunday oğirlaştiruvçi holatlar mavjud bõganda aybdorga muayyan huquqdan mahrum etib, beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Jinoyat kodeksiga kiritilgan mazkur õzgartirişlar daxlsizlik va immunitet huquqiga ega şaxslarning huquqiy himoyasini kuçaytitiş, huquqni muhofaza qiluvçi “organlar” faoliyatida qonuniylikni ta'minlaş hamda prosessual vakolatlarni suiiste'mol qiliş holatlarining oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng muhimi, uşbu normalar orqali qonun ustuvorligi, odil sudlovning xolisligi va şahs huquqlarining daxlsizligi prinsiplarini ta'minlaşning jinoyat-huquqiy mexanizmlari yanada mustahkamlandi.
Rustamjon Zaripov Farg'ona viloyat sudining sudyasi

Created by
Shukhratjon EsanovNo comments yet.
Ferganamedia.uz is registered as an electronic mass media 26 September 2024 by the AOKA under the administration of the President. Certificate number: 414738. Founder: OOO «Fergana Media Press».